date

“Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ga kutilmagan mag‘lubiyatni tan oldi

“Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ga kutilmagan mag‘lubiyatni tan oldi

Angliya Premer-ligasining 32-turi doirasida “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qildi. Kutilmagan natija bilan yakunlangan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yinda hisobni birinchi bo‘lib “Bornmut” ochdi — Eli Junior Krupi 17-daqiqada gol urdi. “Arsenal” esa 35-daqiqada Viktor Gokereshning penaltidan kiritgan to‘pi bilan muvozanatni tikladi. Biroq 74-daqiqada Aleks Skottning aniq zarbasi mehmonlarga g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa “Bornmut” muhim uch ochkoga ega chiqib, ochkolarini 45 taga yetkazdi va 9-o‘ringa ko‘tarildi. “Arsenal” esa 70 ochko bilan peshqadam bo‘lib qolgan bo‘lsa-da, juda muhim ochkolarni boy berdi.

APL. 32-tur

“Arsenal” — “Bornmut” 1:2

Gollar: Gokeresh 35‘ (pen) — Krupi 17‘, Skott 74‘.

“Arsenal” tarkibi: Rayya, Uayt (Moskera 76‘), Saliba, Gabriyel, Lyuis-Skelli, Subimendi (Jezus 76‘), Rays, Madueke (Dauman 54‘), Havers (Eze 54‘), Martinelli (Trossar 54‘), Gokeresh.

“Bornmut” tarkibi: Petrovich, Ximenes, Xill, Senesi, Tryuffer, Kristi (Adams 70‘), Aleks Skott, Rayan (Bruks 70‘), Tavernye, Eli Junior Krupi (Tott 85‘), Evanilson.

“Arsenal” ushbu o‘yinda ochkolarni yo‘qotib, chempionlik poygasida bosimni yana-da oshirib qo‘ydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Arsenal” o‘z maydonida “Bornmut”ga kutilmagan mag‘lubiyatni tan oldi