Ronaldu yangi rekordlar bilan “An-Nasr”ni oldinga olib chiqdi

Saudiya Arabistoni chempionatida peshqadam bo‘lib turgan “An-Nasr” navbatdagi turda “Al-Uxdud”ga qarshi mehmon uchrashuvini o‘tkazib, ishonchli 2:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Riyod klubi bu natija bilan jadvaldagi yetakchiligini mustahkamlab oldi.
Jamoaning ikkala goli Krishtianu Ronaldu va Joau Feliks nomiga yozildi. Ular o‘z samarali harakatlari bilan jamoaga muhim uch ochko taqdim etishdi.
Bu uchrashuv Ronaldu uchun yana bir tarixiy oqshomga aylandi. U “An-Nasr” safidagi gollar sonini 124 taga yetkazib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar maqomiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, uning umumiy professional faoliyatidagi gollari soni 968 taga yetdi.
Bir o‘yinda ikki katta rekordga erishgan 41 yoshli yulduz uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy tarmoq orqali bildirdi.
— “Yana bir qadam oldinga. Birga, yagona jamoa sifatida. Biz maqsadimizga to‘liq eʼtibor qaratganmiz. Har doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarga rahmat”, — deb yozdi Ronaldu X platformasida.
28-turdan keyin “An-Nasr” 73 ochko to‘plab, chempionat jadvalining peshqadami sifatida o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!