date

“AK45”ning “Chelsi” bilan o‘yindagi harakatlari aks etgan video

“AK45”ning “Chelsi” bilan o‘yindagi harakatlari aks etgan video

APL 32-turi doirasida bo‘lib o‘tgan markaziy uchrashuvda “Manchester Siti” mehmon sifatida “Chelsi” maydonida harakat qilib, kutilganidek yuqori darajadagi o‘yin namoyish etdi va 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu natija jamoaga chempionlik poygasida bosimni saqlab qolish va peshqadam “Arsenal” bilan farqni qisqartirish imkonini berdi.

Hozirgi vaziyatga ko‘ra, Gvardiola shogirdlari ochkolar bo‘yicha orqada borayotgan bo‘lsa-da, ikki muhim o‘yin — qoldirilgan “Kristal Pelas” bahsi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, jadvalni o‘zgartiradigan kuchga ega bo‘ladi.

“Chelsi”ga qarshi o‘yinda “Siti” klassik uslubiga sodiq qoldi: to‘p nazorati, bosim va tezkor hujumlar orqali raqibni asta-sekin sindirish taktikasini qo‘lladi. Bu esa natijada yana bir ishonchli g‘alabaga olib keldi.

Abduqodir Husanovning ushbu bahsdagi xatta harakatlari nufuzli cityxtra.co.uk portali ekspertlari tomonidan 6 ballga loyiq ko‘rildi. U o‘yinning boshida muhim epizodda ajoyib podkat bilan xavfni yo‘q qildi va jamoani qutqardi. Baʼzi vaziyatlarda bosim ostida xatolar kuzatildi, ayniqsa uzun paslarda aniqlik yetishmadi. Shunga qaramay, umumiy o‘yini barqaror va ishonchli bo‘lib, murabbiy ishonchiga munosib javob berdi. Himoya chizig‘ida o‘z vazifasini to‘liq bajardi va odatdagidek ortiqcha shovqinsiz ish qildi.

Quyidagi video orqali uning mazkur o‘yin davomida amalga oshirgan foydali harakatlarini tomosha qilishingiz mumkin:

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “AK45”ning “Chelsi” bilan o‘yindagi harakatlari aks etgan video