date

“Real” to‘liq eʼtiborini Chempionlar ligasiga qaratmoqda

“Real” to‘liq eʼtiborini Chempionlar ligasiga qaratmoqda

Joriy mavsumda La Ligada kutilgan natijani ko‘rsata olmayotgan Madridning “Real” klubi asosiy diqqatini Yevropa maydonlariga — jumladan UYEFA Chempionlar ligasidagi “Bavariya”ga qarshi javob uchrashuviga qaratgan.

Madridda bo‘lib o‘tgan ilk o‘yinda “qaymoqranglilar” 1:2 hisobida yengilgan edi. Endi esa jamoa Germaniyada bo‘lib o‘tadigan javob bahsida kamchilikni bartaraf etib, yarim finalga yo‘l olish imkoniyatini saqlab qolishga qattiq ishonmoqda.

Ispaniya chempionatida esa ahvol boshqacha. La Liga chempionligi uchun kurash amalda “Real” uchun juda qiyinlashgan. The Athletic nashri maʼlumotiga ko‘ra, klub deyarli asosiy sovrin uchun kurashdan uzilib bo‘lgan.

Hozirgi vaziyatga ko‘ra, madridliklar turnir jadvali peshqadami “Barselona”dan 9 ochko orqada qolmoqda. Chempionatda esa yana 7 tur qolgan, ular orasida “Kamp Nou”dagi hal qiluvchi “El-Klasiko” ham bor.

Biroq mutaxassislar fikricha, “Real”ning bunday farqni qoplab, kataloniyaliklarni quvib yetishi amalda juda qiyin, hatto deyarli imkonsiz vazifaga aylanib bo‘lgan.

Shu bois Arbeloa jamoasi uchun mavsumning asosiy maqsadi endilikda Yevropadagi muvaffaqiyat — Chempionlar ligasida yuqori bosqichlarga chiqish bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Real” to‘liq eʼtiborini Chempionlar ligasiga qaratmoqda