Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG» klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Sport1 daqiqa o'qish5.2K
Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG» klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori to‘p suradigan «Shanxay SIPG» Xitoy Super ligasining 3-turida mag‘lub bo‘ldi, deb yozadi Daryo.uz.
Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG» klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi
Mamlakatning amaldagi chempioni bilan o‘yin uchun Guanjouga tashrif buyurgan shanxayliklar 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Odil Ahmedov mazkur bellashuv qaydnomasiga kiritilmadi.

Har ikki jamoaning urilgan gollarida legioner futbolchilarning xizmati mavjud. Mezbonlardan Gulart birinchi golga pas berdi va uchinchi golni urdi. Ikkinchi gol Alan hisobiga yozildi. Mehmonlardan esa Xalk 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi. Elkesenda 1 ta gol, Oskarda 1 ta golli pas bor.

Yegor Krimets Xitoy chempionatining 3-turida ham qaydnomaga kirmadi. Uning jamoasi jahonning eng serdaromad futbolchisi Karlos Teves to‘p suradigan «Shanxay Shenxua»ni taslim qildi. Yaqindagina uy stadioni yonib ketgan shanxayliklar safida Guarin ham, Teves ham hech narsa qila olmadi.

Va nihoyat Anzur Ismoilov ham Super liganing bu turida murabbiylar e’tiboridan chetda qoldi. Uning jamoadoshlari Feliks Magat murabbiylik qilayotgan «Shandong Luneng» oldida ojiz qoldi. Bellashuvda Papiss Sissening dubli barcha masalani hal qildi.

Xitoy Super ligasi
3-tur o‘yinlari
1 aprel, shanba


«Guanjou Evergrand» — «Shanxay SIPG» 3:2

Gollar: Yu Xanchao, 12 (1:0). Alan, 24 (2:0). Elkesen, 53 (2:1). Halk, 70 (2:2). Rikardo Gulart, 80-pen (3:2).

«Beydzing Guoan» — «Shanxay Shenxua» 2:1

Gollar: Burak Yilmaz, 37 (1:0). Sao Yunding, 40 (1:1). Burak Yilmaz, 87 (2:1).

«Chanchun Yatay» — «Shandong Luneng» 0:2

Gollar: Papiss Sisse, 59 (0:1). Papiss Sisse, 81 (0:2).
Odil Ahmedovning «Shanxay SIPG» klubi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?