Kompani: “Real”ni yengish juda emotsional kechdi...

Kompani: “Real”ni yengish juda emotsional kechdi...
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani "Real Madrid" ustidan qozonilgan g'alaba (4:3) juda hissiyotli va keskin kechganini ta'kidladi.
  • U jamoaning ruhiy barqarorligi, to'p nazoratidagi ustunligi va muxlislarning qo'llab-quvvatlashi muvaffaqiyatning asosiy omillari bo'lganini qayd etdi.
  • Shuningdek, murabbiy raqibning xavfliligiga qaramay, sabr va xotirjamlik g'alabaga yetaklaganini bildirdi.
  • Endilikda myunxenliklar Chempionlar ligasi yarim finalida "PSJ"ga qarshi bahs ko'rishadi.

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani “Real Madrid”ga qarshi o‘yindan so‘ng (4:3) uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning taʼkidlashicha, bu bahs yuqori his-tuyg‘ular va keskin vaziyatlarga boy bo‘lgan.

Kompaniga ko‘ra, jamoa o‘yin davomida to‘pga egalik qilish borasida ustunlik qilgan va har daqiqada gol urish imkoniyati borligini his etib turgan:

"O‘yin juda hissiyotlarga boy o‘tdi. Biz to‘pni ko‘p nazorat qildik va doim gol urishimiz mumkinligini his qildik,” — dedi u.

Biroq u “Real”ni hech qachon yetarlicha oson raqib deb bo‘lmasligini alohida qayd etdi. Uning aytishicha, madridliklarda tezkor va o‘ta xavfli futbolchilar mavjud:

"Biroq “Real” — baribir “Real”, ularda xavf yaratadigan juda tez futbolchilar bor,” — dedi u.

Murabbiy jamoa ruhiyatini alohida maqtadi. U futbolchilar qiyin vaziyatlarda ham psixologik jihatdan barqaror bo‘lganini, sinovli lahzalardan chiqib keta olganini taʼkidladi. Shuningdek, muxlislar qo‘llab-quvvatlashi ham g‘alabada muhim omil bo‘lganini aytdi:

"Yigitlarimiz ruhiy jihatdan kuchli edi va qiyin vaziyatlardan chiqib keta oldi. Muxlislar ham bizga katta yordam berdi,” — dedi u.

Kompani fikricha, “Bavariya” o‘yin davomida xotirjamlikni saqlab, o‘z imkoniyatlarini sabr bilan kutgan. Aynan shu yondashuv oxir-oqibat natija bergan:

“Biz xotirjamlikni saqladik va o‘z paytimiz kelishiga ishondik. Yigitlar bu g‘alabaga to‘liq loyiq edi,” — dedi u.

Maʼlumot uchun, myunxenliklar endilikda Chempionlar ligasi yarim finalida Pari Sen-Jermenga qarshi maydonga chiqadi. Bu bahs yana-da keskin va kutilmagan burilishlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar