
"Xoffenxaym" klubi himoyachisi Jeremi Tolyan "Chelsi" jamoasi rahbariyatining qiziqishlari doirasiga kirgan. Bu haqida Football Italia nashriga asoslanib "Uff.uz" xabar berdi.
Inglizlar bir necha bor germaniyalik himoyachi ishtirokidagi o‘yinlarga tashrif buyurishgan va uning xizmatlariga londonliklar ustozi Antonio Kontening shaxsan o‘zi qiziqmoqda.
Ushbu mavsumda Tolyan Bundesliganing 15ta o‘yinida maydonga tushib, bitta gol ham shuncha golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Tolyanning nemis klub bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar