Nakamura: «Sindarov Jahon toji uchun bahsda Gukeshga mag‘lub bo‘ladi»

Javokhir Sindarov Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatidan so'ng jahon шахматиda katta e'tibor qozondi, ammo dunyo reytingida 2-o'rinda turuvchi Hikaru Nakamura uning kelajakdagi jahon chempionligi haqidagi fikrlarga qo'shilmaydi. Nakamura, agar tanlov qilish kerak bo'lsa, Gukesh Dommarajuni afzal ko'rishini, chunki hozirda unga nisbatan bosim kamroq ekanligini ta'kidladi. Uning fikricha, jahon chempionligi kabi yuqori bosimli bahslarda texnik tayyorgarlikdan tashqari ruhiy barqarorlik ham hal qiluvchi rol o'ynaydi. Hozirda Sindarov katta kutilmalar ostida o'ynayotgani esa unga qo'shimcha bosim olib kelishi mumkin.
Javohir Sindarov Nomzodlar turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng jahon shaxmatida eng ko‘p muhokama qilinayotgan yosh shaxmatchilardan biriga aylandi. Uning natijalari ko‘pchilikka bo‘lajak jahon chempionligi bahsida asosiy favorit sifatida qarashga sabab bo‘ldi.
Biroq dunyo reytingining 2-raqamli shaxmatchisi Hikaru Nakamura bu fikrga to‘liq qo‘shilmayapti. U vaziyatga ancha boshqacha yondashib, bosim va psixologik omillarni alohida ajratib ko‘rsatmoqda.
Nakamuraning fikricha, agar Gukesh Dommaraju va Sindarov orasidan tanlov qilish kerak bo‘lsa, u aynan Gukeshni afzal ko‘radi. Uning taʼkidlashicha, hozirgi bosqichda hindistonlik shaxmatchiga nisbatan bosim ancha kam.
Amerikalik grossmeyster o‘z fikrini quyidagicha bayon qildi:
«Sindarov va Gukesh Dommarajudan kimnidir tanlash kerak bo‘lsa, men Gukeshni tanlayman. Menimcha, hozir unda katta bosim yo‘q. Aksincha, hamma undan yutqazishni kutayapti, Sindarov esa favorit sifatida ko‘rilmoqda. Lekin agar Gukesh o‘zining eng yuqori darajasiga qayta olsa, u bemalol g‘alaba qozonishi mumkin», — dedi Nakamura.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shaxmatda faqat texnik tayyorgarlik emas, balki ruhiy barqarorlik ham hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ayniqsa, jahon chempionligi kabi katta bosim ostidagi bahslarda har bir mayda detal muhim ahamiyat kasb etadi.
Sindarov esa hozirgi kunda katta kutilmalar ostida o‘ynamoqda. Bu esa uning har bir partiyasiga alohida eʼtibor qaratilganini anglatadi. Bunday holat baʼzida ustunlik bersa, baʼzida qo‘shimcha bosim ham keltirib chiqarishi mumkin.
Shu tarzda jahon shaxmatida intriga yana-da kuchaymoqda. Yosh yulduzlar va tajribali grossmeysterlar o‘rtasidagi raqobat esa hali endi qiziy boshlagani aniq.






























Izohlar 0
…