Yamal Messi haqida gapirdi: uning izidan borishni istaydi

Yamal Messi haqida gapirdi: uning izidan borishni istaydi
Qisqacha

"Barselona"ning yosh iste'dodli futbolchisi Lamine Yamal o'zining kumiri Lionel Messi haqida fikrlarini bildirib, uni barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi deb atadi. Yamalning ta'kidlashicha, Messi nafaqat futbol, balki umumiy sport olamida ham eng yuqori darajadagi yulduzlardan biridir. U argentinalik afsonaning erishgan yutuqlari va maydondagi o'yini butun dunyoda hurmat qozongani hamda o'zi ham uning izidan borishga umid qilishini qo'shimcha qildi. Messining faoliyati va yutuqlari Yamal kabi yangi avlod futbolchilari uchun haqiqiy ilhom manbai bo'lib xizmat qilmoqda.

Lamin Yamal jahon futbolida o‘z o‘rnini mustahkamlab borar ekan, u o‘z kumiri haqidagi fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi. “Barselona” va Ispaniya milliy jamoasi vingeri sifatida tanilayotgan yosh iqtidor Lionel Messini barcha davrlarning eng buyuk futbolchisi sifatida baholadi.

Yamalning taʼkidlashicha, Messi nafaqat futbol tarixida, balki umumiy sport olamida ham eng yuqori darajadagi yulduzlardan biri hisoblanadi. U argentinalik hujumchining yutuqlari va maydondagi o‘yini butun dunyoda hurmat qozonganini alohida qayd etdi.

«Leo Messi — barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Agar u tarixdagi eng yaxshi sportchi bo‘lmasa ham, shubhasiz, eng kuchlilar qatoriga kiradi. Erishgan yutuqlari uchun hamma uni hurmat qiladi va men ham uning izidan borishga umid qilaman», — dedi Yamal.

Bugungi kunda Messi "Inter Mayami" klubida faoliyatini davom ettirmoqda. U 2023 yildan buyon AQSH jamoasi sharafini himoya qilib kelyapti va jamoa bilan qator muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, u MLS kubogi, muntazam chempionat g‘olibligi, Sharqiy konferensiya chempionligi hamda Ligalar kubogi kabi musobaqalarda zafar quchdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Messining amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, u hali bir necha mavsum yuqori darajada to‘p surishi kutilmoqda.

Yamal kabi yosh yulduzlar uchun esa Messi nafaqat o‘yinchi, balki haqiqiy ilhom manbai. Yangi avlod futbolchilari aynan shunday afsonalar izidan borib, o‘z nomini tarixga muhrlashga harakat qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar