«Barselona» «Selta»ga qarshi tarkibini eʼlon qildi, Rafinya yoʻq

"Barselona" La Liganing 33-turi doirasida "Selta"ga qarshi kechadigan bahs uchun o'z tarkibini e'lon qildi. Jamoaning asosiy hujumchilaridan biri Rafinya jarohati sababli ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi. Shunga qaramay, Xans-Diter Flik qaydnomasiga Levandovski, Lamin Yamal va Gavi kabi yetakchi futbolchilarni kiritgan. Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanadigan o'yinda kataloniyaliklar Rafinyaning yo'qligiga qaramay, yuqori tempni saqlab qolishga harakat qiladi.
«Barselona» klubi La Liga 33-turi doirasida oʻz maydonida «Selta»ga qarshi maydonga chiqadi. Qizgʻin kutilayotgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da start oladi.
Oʻyin oldidan kataloniyaliklar klubi rasmiy qaydnomani eʼlon qildi. Unda bosh murabbiy Xans-Diter Flick bir qator asosiy futbolchilarni tarkibga qoʻshgan.
Eng eʼtiborli jihat — qanot hujumchisi Rafinya jarohat sabab ushbu oʻyinni oʻtkazib yuboradi. Bu jamoa hujum chizigʻidagi variantlarga taʼsir qilishi mumkin.
Darvozabonlar roʻyxatida Joan Garsiya, Shesni va Kohen qayd etilgan. Himoya chizigʻida Kanselu, Balde, Arauxo, Kubarsi, Jerar Martin, Kunde, Erik Garsiya va Espart joy olgan.
Yarim himoyada esa Gavi, Pedri, Fermin, Kasado, Olmo, de Yong va Tommi kabi futbolchilar maydonga tushishi mumkin. Hujum chizigʻida Ferran, Levandovski, Lamin Yamal, Reshford va Runi kabi nomlar qayd etilgan.
Umuman olganda, «Barselona» ushbu tarkib bilan ham hujumda, ham yarim himoyada yuqori tempni saqlab qolishga intilmoqda. Rafinyaning yoʻqligi esa yosh futbolchilar uchun qoʻshimcha imkoniyat ochishi mumkin.






























Izohlar 0
…