Jadon Sancho «Borussiya Dortmund» klubiga qaytishga rozilik berdi

1 daqiqa o'qish120
Jadon Sancho «Borussiya Dortmund» klubiga qaytishga rozilik berdi

Angliyalik hujumchi Jeydon Sanchoning «Borussiya Dortmund» klubiga qaytishi tobora oydinlashmoqda. Sky nashri xabariga ko'ra, futbolchining vakillari va Germaniya klubi o'rtasida yangi muzokaralar o'tkazilgan. Hozirda «Aston Villa»da ijara asosida to'p surayotgan 26 yoshli vinger Dortmundga qaytish istagini klub rahbariyatiga ma'lum qilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Tomonlar shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilishni boshladi. Sancho «Manchester Yunayted»da oladigan yillik 15 mln yevro miqdoridagi maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo'lgan. «Borussiya Dortmund» rahbariyati bir necha hafta oldin futbolchini moliyaviy cheklovlar haqida ogohlantirgan edi. Sanchoga «Yuventus» kabi klublardan takliflar bo'lishiga qaramay, u aynan Bundesligaga qaytishni afzal ko'rmoqda.

Jadon Sancho «Borussiya Dortmund» klubiga qaytishga rozilik berdi

Sanchoning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi, shu sababli nemis klubi transfer uchun to'lov amalga oshirmaydi. Futbolchi 2021-yilda 85 mln yevro evaziga Angliyaga yo'l olgan edi, biroq u yerda kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi. Murabbiy Erik ten Xag bilan yuzaga kelgan kelishmovchilikdan so'ng, u 2024-yilning yanvarida Dortmundga vaqtincha qaytib, jamoaning Yevropa Chempionlar ligasi finaliga chiqishiga yordam bergandi.

«Borussiya Dortmund» bosh murabbiyi Niko Kovach Sanchoning transferini qo'llab-quvvatlamoqda. Xorvatiyalik mutaxassis futbolchining intizomi bilan bog'liq muammolarga qaramay, uning iqtidoriga ishonch bildirgan. Sancho jamoani tark etishi kutilayotgan Julian Brandtning o'rnini egallashi mumkin. Klub sport direktori Lars Rikkenning ta'kidlashicha, jamoaga sifatli va moliyaviy jihatdan qulay bo'lgan hujumchi zarur.

Jadon Sancho «Borussiya Dortmund» klubiga qaytishga rozilik berdi
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?