
«Barselona» hujumchisi Lionel Messining 2015 yildagi ajoyib formasi futbolchining o‘z jismoniy tayyorgarligi ustida ishlagani va vazn tashlagani bilan bog‘liq, deb yozadi «Daryo» nashri.
O‘tgan yilga qaraganda Messi 4—5 kilogrammga ozgan.
Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, Messining o‘yinlari 2013 va 2014 yillarda pasayib ketgandi. Ushbu yillarda argentinalik futbolchi «Oltin to‘p»ni ham Krishtianu Ronalduga boy berib qo‘ydi. Ammo joriy mavsumda u yana o‘z holatiga qaytdi hamda jamoasining Primero va Ispaniya Kubogidagi g‘alabalarida, bundan tashqari kataloniyaliklarning EChL finaliga chiqishida asosiy rolni o‘ynadi.
Lionel MessiBarselonaOltin To'pJismoniy TayyorlashVazn TashlashFutbol O'yinlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing