«Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni taslim etdi

«Chelsi» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni taslim etdi
Angliya chempionatining 31-turidan o‘rin olgan "Chelsi" – "Manchester Siti" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.

Unda 2:1 hisobi qayd etilib, londonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb yozadi "Uff.uz".

Deyarli tengkurashlar ostida kechgan o‘yinning 10-daqiqasidayoq Eden Azar "Chelsi"ning tezkor hujumini gol bilan yakunlab, hisobni ochdi.

Oradan 16 daqiqa o‘tib, Serxio Aguero javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Lekin yana 9 daqiqa o‘tib, yana Azarning o‘zi jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda "Siti" muvozanatni tiklashga urindi, biroq Konte shogirdlari maydonda bexato harakatlandilar va yakunda haqqoniy g‘alabani tantana qildilar.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar