date

Vladimir Klichko britaniyalik jurnalistni press qilishga majburladi (foto)

Shu yilning 29 aprel kuni professional boksning IBF yo‘nalishida superog‘ir vazn toifasida chempion sanalgan britaniyalik Entoni Joshua o‘z kamarini sobiq jahon chempioni — ukrainalik Vladimir Klichkodan himoya qiladi. Jang Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Jangga tayyorgarlik ko‘rayotgan ukrainalik bokschining mashg‘ulotlar lagerida OAV xodimlariga bag‘ishlangan media-tur bo‘lib o‘tdi. Klichko o‘zi mashq qilishi bilan birgalikda murrabiy vazifasini ham bajardi.

Sobiq jahon chempioni Britaniyaning Sky Sports telekanali jurnalisti Adam Smitni press qilishga majburladi, deb yozadi «iSport.ua»ga asoslanib "Daryo.uz". Bokschi o‘zining press qilish uslubini ham namoyish qildi.




Ma’lumot o‘rnida, 41 yoshli Vladimir Klichko professional ringda 68 jang o‘tkazib, 64 tasida (53 tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongan va 4 tasida mag‘lubiyatga uchragan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vladimir Klichko britaniyalik jurnalistni press qilishga majburladi (foto)