Wayne Rooney Arsenalning gʻalaba nishonlashini tanqid qildi

Manchester Yunayted afsonasi Vayne Rooney Chempionlar ligasi yarim finalida Atletiko Madrid ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Arsenal jamoasining xursandchiligini haddan tashqari ko‘p deb baholadi. Mikel Arteta shogirdlari 20 yillik tanaffusdan so‘ng final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgach, Emirates stadionida bayramona muhit hukm surdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Bukayo Saka tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga umumiy hisobda 2:1 g‘alabasini tantana qilgan londonliklar o‘yin yakunida muxlislar bilan birga katta shodiyona uyushtirishdi. Biroq, Prime Video Sport eksperti sifatida fikr bildirgan Rooney, hali sovrin yutilmaganini ta’kidlab, jamoani vazminlikka chaqirdi.
Arsenalning sobiq hujumchisi Ian Vright esa ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarni tanqidchilarga e’tibor bermaslikka va ushbu tarixiy lahzadan zavq olishga undadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbol aynan shunday muhim daqiqalar uchun qadrlidir.
Jamoaning sobiq ustozi Arsene Venger ham vaziyatga munosabat bildirib, g‘alabani nishonlash tabiiy hol ekanini, biroq endilikda barcha e’tibor final bahsiga va Angliya Premer-ligasidagi chempionlik poygasiga qaratilishi kerakligini ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!