Ferland Mendy jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

1 daqiqa o'qish165
Ferland Mendy jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi

Real Madrid himoyachisi Ferland Mendy o‘ng son qismidagi jarohati sabab Lion shahrida muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Klub tibbiy xizmati nazorati ostida o‘tgan operatsiya futbolchining mavsum davomida qiynagan mushak muammosini bartaraf etishga qaratilgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ispaniya matbuotida Mendyning faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi, biroq bu xabarlar rad etildi. Futbolchiga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, himoyachi maydonga qaytishga qat’iy bel bog‘lagan va faoliyatini erta yakunlash niyatida emas.

Eslatib o‘tamiz, Ferland Mendy joriy mavsumda bir necha bor jarohatlar bilan to‘qnash keldi. Uning so‘nggi jarohati 3-may kuni Espanyolga qarshi o‘yinda yuz bergan va u atigi 14 daqiqadan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Real Madrid rasmiy bayonotiga ko‘ra, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va futbolchi yaqin kunlarda reabilitatsiya jarayonini boshlaydi. Klub himoyachining bir necha oydan so‘ng yana safga qaytishini kutmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?