date

Julian Alvarez uchun kurash: PSJ Barselona va Arsenalga raqib bo‘ldi

Julian Alvarez uchun kurash: PSJ Barselona va Arsenalga raqib bo‘ldi

Atletiko Madrid hujumchisi Julian Alvarez transferi atrofidagi vaziyat keskinlashmoqda. ESPN xabariga ko‘ra, Pari Sen-Jermen klubi argentinalik futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy nishonlardan biri sifatida belgilab oldi. Bu borada parijliklar Barselona va Arsenal kabi grand klublar bilan jiddiy raqobatga kirishishga majbur. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone futbolchining bozordagi yuqori talabini tan olib, uning atrofidagi mish-mishlarga xotirjam munosabat bildirdi. Barselona rahbariyati esa Julian Alvarezni Robert Lewandowski o‘rnini bosa oladigan asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda, chunki polshalik hujumchining shartnomasi yakunlanmoqda.

PSJ uchun markaziy hujumchi pozitsiyasi jamoaning eng zaif nuqtalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Luis Enrike tarkibda Ousmane Dembele kabi vingerlardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda, chunki Goncalo Ramos va Randal Kolo Muani kabi qimmatbaho xaridlar o‘zini oqlay olmadi. Parijliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun aynan Alvarez nomzodiga to‘xtalishgan.

Julian Alvarez joriy mavsumda Atletiko tarkibida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining shartnomasi 2029-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, uning transferi 100 million yevrodan oshishi kutilmoqda. Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, futbolchining tovon puli yarim milliard yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Julian Alvarez uchun kurash: PSJ Barselona va Arsenalga raqib bo‘ldi