Fil Foden Manchester Siti'da qolishga tayyor

1 daqiqa o'qish265
Fil Foden Manchester Siti'da qolishga tayyor

Manchester Siti tarbiyalanuvchisi Fil Foden jamoa bilan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. 25 yoshli futbolchi mavsumning ikkinchi qismida o'yin amaliyoti bilan bog'liq qiyinchiliklarga duch kelganiga qaramay, klubda qolishga va sabr bilan o'z imkoniyatini kutishga qaror qildi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Yangi kelishuvga ko'ra, Foden 2030-yilgacha Etihad stadionida qoladi va shartnomani yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Bu transfer mish-mishlariga chek qo'yib, futbolchining jamoaga bo'lgan sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Foden o'z intervyusida jamoaviy o'yinchi ekanligini va Pep Guardiola qo'l ostida har qanday vaziyatda yordam berishga tayyorligini ta'kidladi. U mavsum davomida barqarorlik yetishmagan bo'lsa-da, mashg'ulotlarda qattiq ishlashda davom etayotganini bildirdi.

Ayni damda Manchester Siti Angliya Premer-ligasi chempionligi uchun Arsenal bilan keskin kurash olib bormoqda. Oldinda jamoani Chelsi bilan Angliya Kubogi finali hamda chempionatning hal qiluvchi o'yinlari kutib turibdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?