Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Qatar kubogi finaliga olib chiqdi

Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Qatar kubogi finaliga olib chiqdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sardor Rashidov to‘p tepayotgan “Al-JaishQatar Kubogi yarim finali safarda mamlakat chempioni – “Lahviya” bilan o‘zaro kuch sinashdi.

Jassim Bin Hamad Stadium’da kechgan uchrashuv “Al-Jaish”ning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv yakunida o‘zbekistonlik futbolchi jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Sardor Rashidov pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Sardor Rashidov “Al-Jaish”ni Qatar kubogi finaliga olib chiqdi
Ma’lumot uchun “Al-Jaish” Qatar Kubogi mukofotining amaldagi egasidir.

Qatar Kubogi–2017
Jassim Bin Hamad Stadium
21 aprel, juma

“Lahviya” – “Al-Jaish” 2:3 (0:1, 2:2)
Gollar: I.Muhammad (51), Da Silva (77) – C.Keyta (24), Romarino (49), S. Rashidov (90)
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar