«Barselona» hujumchisi Neymar Primeraning 33-turida «Real»ga qarshi o‘tadigan o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda kataloniyaliklar klubi matbuot xizmati rasman xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Ispaniya Sport tribunali (TAD) o‘yin boshlanishiga 12 soat vaqt qolganida «Barselona» tomonidan Neymarning diskvalifikasiyasi bo‘yicha apellyasiyasini rad etgan.
Bundan avvalroq, TAD shanba kuni «Barselona»ning Neymar ishi bo‘yicha murojaatini ko‘rib chiqishi xabar qilingandi.
Biroq, sud mahkamasi vaqtida o‘tkazilmay qolgani tufayli, ish hal bo‘lmadi. Shuning uchun ham, «Barselona» tavakkal qilib o‘tirmadi va 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyatga uchramaslik uchun Neymarni o‘yin zayavkasiga kiritmadi.
Braziliyalik ushbu futbolchi «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuv vaqtida hakam yordamchisiga nisbatan sportga xos bo‘lmagan harakat qo‘llagani uchun 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilingandi.
«Real» — «Barselona» bahsi bugun, 23 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da «Santyago Bernabeu» stadionida boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
AQSH Ukrainani harbiy xizmatga chaqiruv yoshini 18 ga tushirishga chaqirmoqda
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»