OChL 5-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» - «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushchan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Nihoyat g‘alaba qozona oldik. Bundan ham yaxshi o‘yinlarimiz bo‘lgandi. Bugun o‘yinimiz yaxshi chiqdi. Natija ham shunga yarasha bo‘ldi. Shomurodov bugun nihoyat gol urdi, buni katta bayram deyish mumkin. Umuman o‘yin yaxshi bo‘ldi, muxlislar ham bizni qo‘llab turishdi.
Otabek Shukurov majburiyat yuzasidan himoyada o‘ynamoqda. Chunki himoyada futbolchilarimiz kam. Michich hozir o‘zidan kutilgan o‘yin ko‘rsata olmayapti. Hozircha Shukurov va Ashurmatov tandemi yomon ko‘rinmayapti. Mirabdullaev qaytishini kutayapmiz. Uning yuragi bilan bog‘liq muammo chiqqandi. Endi jarohat oldi. U O‘zbekistonning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biriga aylanishi mumkin.
26 yoshgacha bo‘lgan o‘yinchi futbolchi emas deb hisoblashim taktik yurish emas. Meni kimdir yaxshi ko‘rishi ham kerak emas. Men bu erga ishlash uchun kelganman. Yosh futbolchilar 26 yoshdan keyin futbolchiga aylanishlari bu fakt, buni men o‘ylab topmaganman. Agar 22 yoshli o‘yinchi «bo‘ldi, men futbolchi bo‘ldim», deb to‘xtab qolsa u keyinchalik yo‘qolib ketadi. Bunday misollar juda ko‘p», deya Lushchanning so‘zlarini keltiradi CA. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”