O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sifati bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi sifati bo‘yicha e’lon qilingan “Health Care Index 2026 Mid-Year” xalqaro reytingida 101 ta davlat orasida 49-o‘rinni egalladi. Mamlakat 64,4 ball to‘plab, dunyoning eng yaxshi 50 talik davlatlari qatoridan joy oldi.
Mazkur natija bilan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Qo‘shni Qozog‘iston 60,7 ball bilan 61-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston reytingga kiritilmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston MDH davlatlari orasida ham yuqori natija ko‘rsatib, Rossiya (60-o‘rin), Qozog‘iston va Armanistondan (62-o‘rin) oldinda qayd etildi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan 87,1 ball bilan Tayvan joy oldi. Undan keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya, Yaponiya, Ekvador va Niderlandiya egallagan. AQSH 41-o‘rinda, Xitoy 30-o‘rinda, Germaniya 25-o‘rinda, Buyuk Britaniya esa 19-o‘rindan joy olgan.
“Health Care Index” reytingi tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlar malakasi, tibbiyot muassasalarining jihozlanganligi, xizmatlar narxi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar kabi mezonlar asosida shakllantiriladi.






























Izohlar 0
…