Madina Tojiboyeva va Uztim xonadonida shodiyona: ular o‘g‘lining ismini barchaga e’lon qilishdi!

Madina Tojiboyeva va Uztim xonadonida quvonchli kunlar davom etmoqda. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Madina o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ko‘pchilikni qiziqtirgan chaqaloqning ismi ham endi ma’lum bo‘ldi. Ota-ona farzandiga Miran deb ism qo‘ygan.
Madina Tojiboyevani chaqalog‘i bilan kutib olish marosimiga alohida tayyorgarlik ko‘rildi. Xonadon va tadbir joyi «Miran» yozuvi tushirilgan bezaklar bilan bezatildi. Ona va bolani kutib olish uchun Oybek va Nigora hamda oilaning boshqa yaqinlari bordi.
Marosimdan olingan surat va videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, muxlislar oilani farzandli bo‘lgani bilan tabriklashdi. Kuzatuvchilar Miran ismini chiroyli tanlov deb baholab, chaqaloqqa sog‘liq, uzoq umr va baxt tiladi.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…