Angliya terma jamoasida penalti mojarosi: Bellingham va Gordon oʻrtasida nima boʻldi?

1 daqiqa o'qish329
Angliya terma jamoasida penalti mojarosi: Bellingham va Gordon oʻrtasida nima boʻldi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Angliya terma jamoasining Jahon chempionati oldidan Kosta-Rikaga qarshi o'tkazgan so'nggi tayyorgarlik uchrashuvida Jud Bellingem va Anthony Gordon o'rtasida penalti tepish borasida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi.
  • Real Madrid yulduzi dastlab to'pni o'z qo'liga olgan bo'lsa-da, murabbiylar shtabi ko'rsatmasiga ko'ra uni Anthony Gordonga berishga majbur bo'ldi va yakunda 3:0 hisobidagi g'alaba qayd etildi.

Angliya terma jamoasining Jahon chempionati oldidan oʻtkazgan soʻnggi tayyorgarlik oʻyinida Jud Bellingem va Anthony Gordon ishtirokida kutilmagan vaziyat yuzaga keldi. Real Madrid yulduzi ikkinchi boʻlimda belgilangan penaltini tepishga chogʻlangan edi, biroq murabbiylar shtabi koʻrsatmasiga koʻra toʻpni Barselona qanot hujumchisiga topshirishga majbur boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Kosta-Rikaga qarshi kechgan va 3:0 hisobidagi gʻalaba bilan yakunlangan bahsda yuz bergan ushbu holat koʻpchilikning eʼtiborini tortdi. Bellingham dastlab toʻpni oʻz qoʻliga olib, hisobni yiriklashtirishni niyat qilgan edi. Ammo zaxira oʻrindigʻidan kelgan koʻrsatmadan soʻng, u toʻpni Gordonga berdi. Anthony Gordon esa imkoniyatdan unumli foydalanib, hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi.

Oʻyindan soʻng terma jamoa bosh murabbiyi Thomas Tuchel maydondagi tushunmovchilikka izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu holat futbolchilarning xudbinligi emas, balki murabbiylar shtabi tomonidan yoʻl qoʻyilgan muloqot xatosi natijasidir. Koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirilgani sababli, penalti tepuvchilar ketma-ketligi chalkashib ketgan.

“Jamoada koʻplab almashtirishlar boʻldi va ijrochilar tartibi biroz noaniq boʻlib qoldi. Anthony ikkinchi raqamli penaltichi edi. Odatda bu roʻyxat kiyinish xonasida osigʻliq turadi, ammo bu safar vaziyatni ogʻzaki tushuntirishimizga toʻgʻri keldi. Bu bizning masʼuliyatimiz edi”, — dedi nemis mutaxassisi.

Shuningdek, Tuchel Jud Bellingemning maydon markazidagi mehnatkashligini alohida eʼtirof etdi. U yosh yulduzning Harry Kane, Elliot Anderson va Declan Rice bilan ilk bor birgalikda harakat qilganini va jamoaviy oʻyinga tez moslashganini taʼkidladi. Murabbiy turnir oldidan tarkib borasida yakuniy qarorga kelishga shoshilmayotganini ham qoʻshimcha qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?