Miroslav Klose oʻz rekordini Lionel Messi yangilashiga qarshi emas

1 daqiqa o'qish311
Miroslav Klose oʻz rekordini Lionel Messi yangilashiga qarshi emas

Germaniya futboli afsonasi Miroslav Klose Jahon chempionatlaridagi gollari boʻyicha oʻrnatilgan tarixiy rekordi yaqin vaqt ichida yangilanishini kutmoqda. Sobiq hujumchining fikricha, turnir formatining kengayishi va oʻyinlar sonining koʻpayishi Lionel Messi va Kylian Mbappe kabi yulduzlarga uning natijasidan oʻzib ketish uchun ajoyib imkoniyat yaratadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Hozirda Bavariya va Germaniya terma jamoasining sobiq aʼzosi Miroslav Klose 16 ta gol bilan mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurar boʻlib turibdi. Biroq, 2026-yilgi turnirdan boshlab ishtirokchilar soni ortishi rekordning yangilanishini muqarrar qilib qoʻyadi. Hozirda FC Nurnberg klubini boshqarayotgan 48 yoshli mutaxassis bu borada oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

"Ushbu turnirda rekordim yangilanishini kutyapman. Jamoalar koʻpaygani sayin oʻyinlar va gol urish uchun imkoniyatlar ham ortadi. Argentina va Fransiya uzoqqa borishiga ishonaman. Rekord baribir qachondir yangilanishi kerak edi, Lionel Messi buni amalga oshirsa, faqat xursand boʻlaman. Men har doim uning ashaddiy muxlisi boʻlganman", — deydi Klose Suddeutsche Zeitung nashriga bergan intervyusida.

Klose, shuningdek, Argentina terma jamoasi ustozi Lionel Scaloni bilan yaqin munosabatda ekanini taʼkidladi. Ular oʻz vaqtida Latsio safida birga toʻp surishgan. Maʼlumot uchun, ayni damda Lionel Messi hisobida Jahon chempionatlarida urilgan 13 ta gol mavjud. Fransiyalik Kylian Mbappe esa bor-yoʻgʻi 14 ta oʻyinda 12 ta gol urishga ulgurgan va rekordga asosiy daʼvogarlardan biri hisoblanadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?