
Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan «Real» – «Valensiya» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda madridliklarning qo‘li baland keldi.
Uchrashuvning 27–daqiqasida Krishtiano Ronaldu Dani Karvaxalning uzatmasidan so‘ng to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Ronaldu penaltini aniq amalga oshira olmadi.
82-daqiqada Dani Parexo jarima zarbasidan unumli foydalandi va o‘rtadagi muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay Marselo madridliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Real» (81) musoboqa jadvalida «Barselona»ni (78) ortda qolidirib birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ispaniya chempionati, 35-tur
Real – Valensiya 2:1
Gollar: 1:0 – 27 Ronaldu, 1:1 – 82 Parexo, 2:1 – 86 Marselo.
Real – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos, Xames (Asensio, 66), Ronaldu, Benzema (Morata, 72).
Valensiya – Diego Alves, Garay, Toni Lato (Gayya, 86), Montoyya, Mangalya, Parexo, Soler, Orelyana (Bakkali, 89), Nani (Rodrigo, 70), Santi Mina, Munir.
Ogohlantirishlar: Parexo (21), Toni Lato (25), Kazemiro (52), Garay (56), Mangalya (64), Morata (77), Modrich (82).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar