O‘tgan hafta fors matbuotida Eron terma jamoasi futbolchilari mamlakat futbol federasiyasining xatti-harakatlaridan norozi bo‘layotgani haqida xabarlar e’lon qilindi, deb yozadi “Qalampir.uz” sayti.
Ma’lum bo‘lishicha, Eron futbol rahbarlari futbolchilarga va’da qilingan mukofot pullarini berishni kechiktiryapti. Shu munosabat bilan eronlik futbolchilar O‘zbekistonga qarshi o‘yinda atayin mag‘lubiyatga uchrash variantini ham ko‘rib chiqishmoqda. Ya’ni JCh-2018 chiptasining taqdirini keyingi o‘yinlarga qoldirishmoqchi.
Lekin bu gap-so‘zlarga ishonib, O‘zbekiston milliy terma jamoasi havolanib yoki bamaylixotirlikka berilmasligi kerak. Axir boykot e’lon qilgan jamoani yutish zarur, ular ham maydonga tushishadi-ku baribir.
Eslatib o‘tamiz, mazkur uchrashuv 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodi” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 21:15 (Toshkent vaqti bilan 21:45)da boshlanishi belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”