Foto: ASBC
Toshkentda Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining chorak final bahslari poyoniga etdi hamda barcha yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, chempionat reglamentiga muvofiq, ushbu musobaqa shu yilning 23 avgust – 4 sentyabr kunlari Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish huquqini beradigan 60 yo‘llanmani taqdim etar edi.
Ta’kidlash joizki, chorak final bahslari o‘zbekistonlik bokschilar uchun umumiy hisobda omadli bo‘ldi, deyish mumkin. Jamoa 90 foizlik natija bilan JM-2017 yo‘llanmalarini qo‘lga kiritdi. Birgina 91 kg vazn toifasida qatnashgan Sanjar Tursunov imkoniyatdan foydalana olmadi deb yozadi Kun nashri.
Shunday qilib, 3 may kuni bo‘lib o‘tgan chorak final bahslarida o‘zbekistonliklar quyidagi tartibda ringga chiqishdi hamda ularning to‘qqiz nafari yarim final hamda JChga chiqish vazifasini uddalashdi:
56kg. Murodjon Ahmadaliev (g‘olib) – Dorji Nima (Butan)
-91kg. Sanjar Tursunov (mag‘lub) – Vasiiliy Levit (Qozog‘iston)
49kg. Hasanboy Do‘smatov (g‘olib) – Erjon Jo‘mart (Qozog‘iston)
60kg. Papendang Farrand (Indoneziya) – Elnur Abduraimov (g‘olib)
64kg. Pan Hung-Ming (Taypey) – Iqboljon Xoldorov (g‘olib)
75kg. Marsial Eumir (Filippin) – Isroil Madrimov (g‘olib)
52kg. Jasurbek Latipov (g‘olib) – Visht Kavinder Singx (Hindiston)
69kg. Shahram G‘iyosov (g‘olib) – Li Singxyon (Koreya)
81kg. Bektemir Meliqo‘ziev (g‘olib) – Nig‘matulloyev Shabbos (Tojikiston)
+91kg. Bahodir Jalolov (g‘olib) – Kim Dohyon (Koreya)
Navbatdagi janglar 5 may kuni davom ettiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”