Senegal va Iroq uchinchi o‘rin uchun maydonga tushadi

2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «I» guruhining so‘nggi tur bahslari boshlanadi. Pley-off yo‘llanmasi masalasi allaqachon hal bo‘lgani sabab Senegal va Iroq milliy jamoalari guruhda uchinchi o‘rinni egallash uchun o‘zaro kuch sinashmoqda.
Har ikki jamoa dastlabki ikki turda ochko to‘play olmagan. Shu bois bu bahs Senegal hamda Iroq uchun jahon chempionatidagi ishtirokni munosib natija bilan yakunlash imkonini beradi.
Senegal tarkibida Sadio Mane, Ismoil Sarr va Lamin Kamara kabi tajribali futbolchilar asosiy tarkibdan joy oldi. Iroq esa Zidan Iqbol, Ali Al Hammadi va Ibrohim Bayish kabi futbolchilari orqali raqib darvozasiga xavf solishga harakat qiladi.
JCH-2026. «I» guruhi, 3-tur
Senegal — Iroq
Senegal: Diav, Diatta, Sek, Niakate, Yakobs, P. Guye, Diarra, Mbaye, Kamara, Mane, Sarr.
Iroq: Basil, Putros, Hoshim, Sulaka, Doski, Al Ammari, Jassim, Bayish, Iqbol, Qosim, Al Hammadi.
Uchrashuv g‘olibi «I» guruhini uchinchi o‘rinda yakunlaydi. Mag‘lub jamoa esa jahon chempionatini ochkosiz holda tark etishi mumkin.































Izohlar 0
…