
Foto: twitter.com/@sovsport
«Barselona» vise-prezidenti Jordi Mestre Luis Enrike jamoani tark etgach, uning o‘rnini kim egallashi bo‘yicha savolga javob qaytardi.
«Biz allaqachon jamoani kim boshqarishini aniqlab olganmiz. Faqat Luis Enrikega bo‘lgan hurmatimiz sabab, uni ommaga e’lon qilmayapmiz», – deya Mestrening so‘zlarini keltiradi Kun.uz sayti.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoa bosh murabbiyligi uchun Xuan Karlos Unsue (Enrike yordamchisi), Ernesto Valverde («Atletik»), Ronald Kuman («Everton») va Loran Blan (sobiq «PSJ») nomzodlari ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.
«Atletik» bosh murabbiyi Ernesto Valverde esa Bilbaoni mavsum yakuniga etgach, tark etishi va kataloniyaliklar rahbariyatining javobini kutayotgani haqida xabarlar chiqqandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar