
7 may kuni Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati nihoyasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bir hafta davom etgan boks musobaqasida mezbonlar jamoasi mutloq ustunlikka erishdi.
Turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan 10 nafar bokschidan 9 nafari qit’a chempionatini chempion sifatida yakunladi.
Turnirning eng yaxshi bokschisi ham O‘zbekistondan bo‘ldi, Hasanboy Do‘stmatov oltin medaldan tashqari shunday mukofot bilan ham taqdirlandi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Qayd etish kerakki, terma jamoaning finalga etib kela olmagan, chorak finalda bo‘lg‘usi chempion Vasiliy Levitga mag‘lub bo‘lgan o‘ninchi vakili Sanjar Tursunov keyinroq o‘tish o‘yinlarida ishtirok etib, Germaniyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar