Superligada katta o‘zgarishlar: kim ketdi, kim keldi?

1 daqiqa o'qish199
Superligada katta o‘zgarishlar: kim ketdi, kim keldi?

Jahon chempionati sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng Superliga bahslari qayta boshlanish arafasida.

Jamoalar mavsumning navbatdagi qismiga tayyorgarlik ko‘rar ekan, bir qator klublarda jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

«Andijon» to‘rt futbolchi bilan xayrlashdi

«Andijon» klubi bir vaqtning o‘zida to‘rt futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Jamoani quyidagi o‘yinchilar tark etdi:

  • Rahimjon Davronov;

  • Jamshid Boltaboyev;

  • Ibrohim Yo‘ldoshev;

  • Igor Golban.

Rahimjon Davronov ko‘p o‘tmay yangi jamoasini ham topdi. «Qo‘qon-1912» klubi darvozabonning transferini rasman e’lon qildi.

«Navbahor»da ham o‘zgarishlar bor

Namanganning «Navbahor» klubi Katulondi Kati va Sherzod G‘ulomjonov bilan xayrlashdi.

Shu bilan birga, «lochinlar» tarkibni yangi futbolchi bilan kuchaytirdi. Joel Kojo rasman «Navbahor» safiga qo‘shildi.

To‘rt futbolchi «Dinamo»dan ketdi

Samarqandning «Dinamo» jamoasida ham katta o‘zgarishlar kuzatildi.

Klubni quyidagi futbolchilar tark etdi:

  • Ulug‘bek Hoshimov;

  • Til Mavretich;

  • Mahamadu Dembele;

  • Dramane Salu.

Superliga qachon qayta boshlanadi?

Jahon chempionati tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Superliga bahslari 16 iyul kuni qayta start oladi.

Klublardagi transferlar va tarkibiy o‘zgarishlar mavsumning keyingi qismidagi kuchlar nisbatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?