Londonning "Chelsi" klubi Angliya chempionati g‘olibi bo‘lgani uchun rekord qiymatdagi mukofot puli oladi. Mukofot puli qiymati 150 mln funt sterlingni tashkil qiladi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
12 may kuni "Chelsi" chempionatning yakunlanishiga 2 tur qolganda muddatdan avval joriy mavsum chempioniga aylandi. London klubi chempionatning 36-turida mehmonda "Vest Bromvich"ni 0:1 hisobida mag‘lub etdi. Musobaqa jadvalida "Chelsi"dan keyin kelayotgan "Tottenhem"da yana 3 ta o‘yin va 10 ochkolik farq bor.
Nashrning ma’lum qilishicha, "Chelsi" 150 mln funt sterling, premer-liganing qolgan klublari xalqaro televizion huquqlarni sotish, tijorat shartnomalari va "daromadni teng taqsimlash" tizimi evaziga taxminan 80 mln funt sterlingdan mukofot puli oladilar.
"Chelsi" premer-liga rahbariyatining telehuquqlarni sotish bo‘yicha oxirgi bitimidan ko‘proq naf ko‘radigan birinchi klub bo‘ladi. Bitimning qiymati 8 mlrd funt sterlingdan ko‘proqni tashkil qilgan. Ma’lum qilinishicha, Angliya chempionatida so‘nggi o‘rinni egallayotgan va premer-ligani muddatdan avval tark etgan "Sanderland" ham mavsum natijalariga ko‘ra 80 mln dan 100 mln funt sterlinggacha mukofot puli olishi mumkin.
Avvalgi mavsumda ilk bor chempion bo‘lgan "Lester" 93 mln funt sterling, 10-o‘rinni egallagan "Chelsi" esa 87,3 mln funt sterling mukofot puli olgandi.
"Chelsi" o‘z tarixida 6-marotaba Angliya chempioniga aylandi. Klub, bu unvonga, shuningdek, 1955, 2005, 2006, 2010 va 2015 yillarda erishgan. "Chelsi" 6 ta chempionlik unvonidan 5 tasini uning egasi rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lgandan keyin qo‘lga kiritgan. Abramovich klubni 2003 yilda 140 mln funt sterlingga sotib olgandi. "Chelsi" Angliya chempioni unvoni soni bo‘yicha joriy mavsumda premer-ligani tark etuvchi "Sanderlend" bilan tenglashib oldi. Umuman olganda, bu unvonni eng ko‘p miqdorda – 20 marotaba "Manchester Yunayted" qo‘lga kiritgan, 2-o‘rinni 18 ta chempionlik unvoni bilan "Liverpul" egallamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”