Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari doirasida “Lokomotiv” “Qo‘qon-1912” maydoniga safar uyushtirdi. Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida jamoamizning tajribali himoyachilaridan biri Islom To‘xtaxo‘jaev tizza bo‘g‘imini shikastlab oldi.
"Temiryo‘lchilar" matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mahoratli futbolchi o‘sha uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan bo‘lsa-da, ammo maydonga tusha olmadi. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra To‘xtaxo‘jaevning tizza bo‘g‘imi ichki yon boylami cho‘zilgan va qisman yirtilgan bo‘lib chiqdi. Bu esa uning yaqin muddat ichiga mo‘ljallangan uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishini bildiradi.
Ta’kidlash joizki, ayni damda Salamat Qutiboyev hamda Ikrom Aliboyev ham jarohatini davolash bilan band. Umid qilamizki, ushbu futbolchilar tez orada safga qaytadi va jamoamizning muvaffaqiyatlariga o‘z xissalarini qo‘shadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?