JCH–2026 yakuniy reytingi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinni egalladi?

JCH–2026 yakuniy reytingi: O‘zbekiston nechanchi o‘rinni egalladi?

FIFA 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoalarning umumiy yakuniy jadvalini e’lon qildi. Turnir g‘olibi Ispaniya birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, finalchi Argentina ikkinchi, Angliya esa uchinchi pog‘onadan joy oldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi ilk jahon chempionati ishtirokini umumiy reytingning 44-o‘rnida yakunladi.

Yakuniy o‘rinlar qanday aniqlandi?

FIFA jadvalni shakllantirishda, avvalo, har bir terma jamoa musobaqaning qaysi bosqichigacha yetib borganini hisobga olgan. Turnirda uzoqroq ishtirok etgan jamoa reytingda yuqoriroq o‘ringa joylashtirilgan.

Bir xil bosqichda musobaqani tark etgan terma jamoalar quyidagi mezonlar asosida saralangan:

  1. Barcha o‘yinlarda to‘plangan umumiy ochkolar;

  2. Umumiy to‘plar nisbati;

  3. Kiritilgan gollar soni;

  4. Barcha ko‘rsatkichlar teng bo‘lsa, jamoalarga bir xil o‘rin berilishi.

Penaltilar seriyasigacha yetib borgan uchrashuvlar ushbu hisob-kitobda durang natija sifatida qabul qilingan.

Ispaniya chempion, Argentina ikkinchi

Jahon chempionati g‘olibi Ispaniya umumiy reytingda ham yetakchilik qildi. Finalda yutqazgan Argentina ikkinchi, Angliya va Fransiya esa kuchli to‘rtlikni yakunladi.

Birinchi o‘nlik quyidagicha:

O‘rin

Terma jamoa

1

Ispaniya

2

Argentina

3

Angliya

4

Fransiya

5

Norvegiya

6

Belgiya

7

Marokash, Shveysariya

8

Meksika

9

Kolumbiya

10

Braziliya

O‘zbekiston qaysi jamoalardan yuqori turdi?

O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning yakuniy jadvalida 44-o‘rinni egalladi. Milliy jamoa Tunis va Iroqdan yuqori, Gaiti va Iordaniyadan keyingi pog‘onadan joy oldi.

O‘zbekistonning ilk jahon chempionatidagi yakuniy qo‘shnilari:

O‘rin

Terma jamoa

41

Panama

42

Iordaniya

43

Gaiti

44

O‘zbekiston

45

Tunis

46

Iroq

JCH–2026ning to‘liq yakuniy jadvali

1–16-o‘rinlar:

  1. Ispaniya

  2. Argentina

  3. Angliya

  4. Fransiya

  5. Norvegiya

  6. Belgiya

  7. Marokash, Shveysariya

  8. Meksika

  9. Kolumbiya

  10. Braziliya

  11. AQSH

  12. Portugaliya

  13. Kanada

  14. Misr

  15. Paragvay

  16. Niderlandiya

17–32-o‘rinlar:

  1. Germaniya

  2. Kot-d'Ivuar

  3. Xorvatiya

  4. Yaponiya

  5. Avstraliya

  6. Kongo Demokratik Respublikasi

  7. Gana

  8. Ekvador, Janubiy Afrika Respublikasi

  9. Shvetsiya

  10. Avstriya

  11. Bosniya va Gersegovina

  12. Jazoir

  13. Senegal

  14. Kabo-Verde

  15. Eron

  16. Janubiy Koreya

33–46-o‘rinlar:

  1. Turkiya

  2. Shotlandiya

  3. Urugvay

  4. Saudiya Arabistoni

  5. Chexiya

  6. Yangi Zelandiya

  7. Qatar

  8. Kyurasao

  9. Panama

  10. Iordaniya

  11. Gaiti

  12. O‘zbekiston

  13. Tunis

  14. Iroq

O‘zbekiston uchun tarixiy tajriba

44-o‘rin yuqori natija bo‘lmasligi mumkin, ammo bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati final bosqichidagi ilk ishtiroki sifatida tarixda qoladi.

Musobaqada orttirilgan tajriba, yo‘l qo‘yilgan xatolar va kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar keyingi turnirlarga tayyorgarlikda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Sizningcha, O‘zbekiston terma jamoasining JCH–2026dagi ishtirokini qanday baholash mumkin? Fikringizni izohlarda qoldiring.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar