Endrik Real Madridni tark etishi mumkin

Real Madrid klubi Levantedan Karlos Espini o'z safiga qo'shib olgani braziliyalik hujumchi Endrikning kelajagini so'roq ostida qoldirdi. Fichajes nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, yosh futbolchi amaldagi transfer oynasida jamoani vaqtincha tark etish va ijaraga ketish variantini jiddiy o'ylay boshladi. Real Madrid Levantening 25 million yevrolik tovvon pulini to'lash orqali Karlos Espi transferini hal qildi va futbolchi bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi.
Madridning Real klubi hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida Levantedan Karlos Espini oʻz safiga qoʻshib olgani braziliyalik iqtidorli hujumchi Endrikning kelajagini soʻroq ostida qoldirdi. Fichajes nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, yosh futbolchi amaldagi transfer oynasida jamoani vaqtincha tark etish va ijaraga ketish variantini jiddiy oʻylay boshladi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Eslatib oʻtamiz, Endrik yozda Fransiyaning Lion safidagi muvaffaqiyatli ijara davridan soʻngqi jamoasiga katta umidlar bilan qaytgan edi. Uning asosiy maqsadi bosh murabbiy Joze Mourinyo boshchiligidagi asosiy tarkibdan joy olish hamda yulduz hujumchi Kylian Mbappe bilan raqobatga kirishish edi. Biroq klub rahbariyatining transfer bozorida faol harakat qilishi vaziyatni keskin oʻzgartirib yubordi.
Karlos Espining transferi va yangi raqobat
Real Madrid Levantening 25 million yevrolik tovvon pulini toʻlash orqali Karlos Espi transferini hal qildi. Oʻtgan mavsum La Ligada 27 ta oʻyinda 13 ta gol urishga erishgan 194 santimetr boʻyli hujumchi klub bilan 2031 yilgacha moʻljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.Karlos Espining jismoniy imkoniyatlari va boʻyi balandligi Mourinyo taktik sxemasiga juda mos kelishi kutilmoqda. Bu esa yosh Endrik uchun jiddiy zarba boʻldi, chunki u Mbappe bilan birgalikda maydonda harakat qilish yoki asosiy zahira oʻyinchisi boʻlishni rejalashtirgan edi.
Liondagi muvaffaqiyat va noaniq kelajak
Oʻtgan mavsumning ikkinchi yarmida Lion safida ijarada toʻp surgan Endrik 21 ta uchrashuvda 8 ta gol urib, shuncha golli uzatma amalga oshirgan edi. Uning har 102 daqiqada bitta samarali harakat qayd etgani madridliklar bosh murabbiyini ishontirishi kerak edi, biroq klub rahbariyati hujumchini darhol asosiy tarkibga loyiq deb topmadi.Hozirgi kunda Endrik va uning vakillari vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida klub rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Oʻtgan mavsumni sovrinsiz yakunlagan Qirollik klubi oʻz tarkibini tubdan yangilashda davom etar ekan, braziliyalik futbolchining kelgusi taqdiri yaqin kunlarda hal boʻlishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…