date

OFK Islom To‘xtaxo‘jaevni 4ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

OFK Islom To‘xtaxo‘jaevni 4ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi

OFK Tartib-intizom qo‘mitasi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Islom To‘xtaxo‘jaevni 4ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi, deb xabar bermoqda «Stadion.uz».

OFK tomonidan e’lon qilingan qarorga ko‘ra, To‘xtaxo‘jaev Incheonda bo‘lib o‘tgan Osiyo O‘yinlarining futbol musobaqasi, O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi nimchorak final bahsida haqorat qilgan (kimni haqorat qilgani yozilmagan) va Halol o‘yin qoidasini buzgan. Islom OFK Tartib-intizom Kodeksining 57-moddasi bo‘yicha aybdor deb topilgan va 4ta o‘yinda maydonga tushishdan mahrum qilingan.

Islom 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar musobaqasi tufayli diskvalifikasiya oldi. Tartib-intizom qo‘mitasining 38-moddasiga ko‘ra, o‘smirlar, yoshlar va olimpiya terma jamoalaridagi diskvalifikasiyalar, agar futbolchi boshqa bu musobaqalarda ishtirok etmasa, navbatdagi yosh toifasidagi musobaqalarga qo‘llaniladi. Demak, To‘xtaxo‘jaevning diskvalifikasiyasi milliy terma jamoadagi o‘yinlariga qo‘llaniladi. Jazo chorasi qarorida diskvalifikasiyaga nisbatan Tartib-intizom kodeksining 38,2 (d) moddasi ham qo‘llanilishi yozilgan. Unga ko‘ra, Islom o‘rtoqlik o‘yinlarida ham maydonga tusha olmaydi va bu uning diskvalifikasiya muddatiga kiradi. O‘zbekiston Osiyo kubogiga qadar 4ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazsa, "Lokomotiv" futbolchisi Osiyo kubogigacha "toza" bo‘lib oladi.

Shuningdek, Islom To‘xtaxo‘jaev 10 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi. Jarima 30 kun davomida OFKga to‘lanishi lozim, aks holda uning jazo chorasi yanada kuchaytiriladi.

Islom To‘xtaxo‘jaev yana shunday xatti-harakat qilsa, yanada keskinroq jazoga tortilishi ogohlanlantirildi.

Eslatib o‘tamiz, Incheonda bo‘lib o‘tgan Saudiyaga qarshi o‘yinda Islom To‘xtaxo‘jaev maydondan chetlashtirilmagan, hattoki sariq kartochka ham olmagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » OFK Islom To‘xtaxo‘jaevni 4ta o‘yinga diskvalifikasiya qildi