Chili – Amerika kubogi sohibi!

Chilida bo‘lib o‘tgan Amerika Kubogi bahslari nihoyasiga etdi. Bosh sovrin mezbonlarga nasib etdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
O‘yindan oldin Argentina terma jamoasining imkoniyatlari yuqori baholangan bo‘lsa ham mezbonlar osonlikcha jon bermoqchi emasligini amalga namoyish etdilar. Ular butun jamoa bo‘lib Messini qo‘riqlashdi va oxir-oqibat maqsadlariga erishishdi.
Asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa omad mezbon – Chili terma jamoasiga kulib boqdi.
Argentina terma jamoasi safida faqatgina Messining zarbasi aniq chiqqanini e’tirof etmoq lozim. Shunday qilib, 4:1 hisobida Chili g‘alaba qozondi va o‘z tarixida birinchi bor musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Amerika kubogi, final
Chili – Argentina 0:0 (0:0, 0:0, 0:0, 0:0), Penaltilar bo‘yicha - 4:1
Chili – Bravo, Bosejur, Isla, Vidal, Valdiviya (Fernandes, 75), Medel, Arangis, Silva, Vargas (Enrikes, 95), Sanches, Dias.
Argentina – Romero, Roxo, Otamendi, Demichelis, Sabaleta, Bigliya, Maskerano, Pastore (Banega, 81), Di Mariya (Lavessi, 29), Aguero (Iguain, 74), Messi.
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 3:1, 4:1.
Ogohlantirishlar: Silva (24), Medel (34), Dias (44), Roxo (55), Maskerano (55), Arangis (86), Banega (91). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing