«Barselona» hujumchisi Lionel Messi 2009 yili Chempionlar ligasi finalida «Manchester Yunayted»ga urgan golini faoliyatidagi eng sevimli goli deb atadi.
«Himoyada Rio Ferdinand turganida bunday gol urishingni o‘zing ham kutmaysan, ammo o‘shanda meni hech kim qo‘riqlamagandi — to‘p markazga keldi va biz uchrashdik. Xavi uzatgan to‘p menga uchib kelar ekan, men uni qanday qilib darvozaga yo‘naltirish haqida o‘ylardim, natijada o‘ylaganimni amalga oshirdim. Bu jamoa uchun ham, men uchun ham juda muhim gol bo‘lgandi. Shu vaqtga qadar bu mening eng sevimli gollarimdan biri. 2006 yilgi finalni jarohat tufayli o‘tkazib yuborganimdan keyin 2009 yilgi finalda ishtirok etishim, ayniqsa, gol urishim juda muhim edi. Bu biz barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan mavsum yakuni bo‘lgandi», — deya Messining so‘zlarini keltirgan Fox Sports Asia.
2009 yilgi finalda «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘ynagan kataloniyaliklar yakunda 2:0 hisobida g‘alaba qozongandi. O‘sha mavsumda jamoa trebl qayd etgan. Messining van der Saarga boshi bilan urgan golini quyidagi videoda tomosha qilish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi