12:45 / 11.06.2017
6 175

O‘zbekistonlik bokschilar Ostonadagi turnirda oltin medalsiz qolishdi

O‘zbekistonlik bokschilar Ostonadagi turnirda oltin medalsiz qolishdi
O‘zbekistonlik bokschilar Ostona shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi prezidenti kubogi musobaqasidan oltin medalsiz qaytadigan bo‘lishdi.

Sports.uz xabariga ko‘ra, ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bokschilardan faqatgina Bobo-Usmon Boturov finalga chiqdi va oltin medal uchun jang qildi.

69 kilogramm vazn toifasidagi janglarda ishtirok etgan Bobo-Usmon Boturov finalda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Sadriddin Ahmedovga qarshi ringga ko‘tarildi va mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan kifoyalandi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Nodirjon Mirzaxmedov, Abrorjon Qodirov, Abdulhay Shoraxmatov, Sulaymon Latipov, Ulug‘bek Komilov, Bobo-Usmon Boturov, Mahmud G‘oipov, Kozim Mardonov, Mirzobek Hasanov va Ravshan Ismoilov himoya qilgandi.

Qizlar musobaqasida esa Tursunoy Rahimova, Yodgoroy Mirzaeva hamda Nafisa Asqarova ringga chiqdi.

Shu tariqa, turnirda to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari yakunda oltin medalsiz ortga qaytadigan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonlik bokschilar Ostonadagi turnirda oltin medalsiz qolishdi