JCh-2018 turniriga saralash bosqichi Osiyo qit’asining “A” guruhi 8-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakuniga etdi. Unda Qatar va Janubiy Koreya terma jamoalari maydonga tushishdi.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Hasan Al-Haydos mezbonlarni oldinga olib chiqqan gol muallifiga aylandi. Ikkinchi bo‘lim Qatarning hujumlari bilan boshlandi va bu hujumlar 51-daqiqada o‘z samarasini berdi, mezbonlarning ajoyib tashkillashtirgan kombinasiyalarini Akrom Afif chiroyli gol bilan yakunladi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida mehmonlar hisobni qisqartirishga erishdilar, o‘ng qanotdan oldinga o‘tgan koreyalik futbolchi to‘pni markazga uzatdi, Ki Song Yo‘ng uni to‘xtatib o‘tirmay darvozaga yo‘lladi va jamoasining ilk goliga mualliflik qildi.
70-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda mehmonlar yana o‘ng qanotdan hujum tashkillashtirdilar, jarima maydoniga uzatilgan to‘pni Hvan Il Su sherigi Hvan Hi Changa tashlab berdi va hujumchi mo‘ljalda adashmadi.
Biroq oradan to‘rt daqiqa o‘tib, mezbonlar tezkor hujum tashkillashtirdilar, Tabata Hasan Al-Haydosni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqardi. Qatarlik hujumchi esa o‘z imkoniyatidan unumli foydalandi.
Shu tariqa Qatarning ushbu g‘alabasidan so‘ng guruhdagi vaziyat chigallashdi. Qatar (7 ochko) Xitoyni ortda qoldirib beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, Janubiy Koreya esa 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. Ushbu natija O‘zbekiston terma jamoasi foydasiga ishladi va JCh-2018 musobaqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatlari saqlanib qoldi.
JCh-2018, Osiyo qit’asi
Qatar - Janubiy Koreya 3:2
Gollar: 1:0 – 25 Al-Haydos, 2:0 – 51 Afif, 2:1 – 62 Ki Son En, 2:2 – 70 Xvan Xi Chxan, 3:2 – 74 Xalid.
Qatar: Saad Al-Shiib, Muhammad Musa, Abdulkarim Hassan, Muhammad Kasola, Ali Asadulla, Hasan Al-Haydos, Ibrohim Majid, Pedro Soria, Bualim Xouxi, Akram Afif, Rodrigo Tabata.
Janubiy Koreya: Kvon Sun Txe, Kim Jin Su, Kvon Te Xve, Jang Hven Su, Chhvo Chol Sun, Han Kuk Eng, Son Hin Min, Ki Song Yo‘ng, I Je Song, Ji Dong Von, Hvan Hi Chan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi