Ruslan Chagaev birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Ruslan Chagaev birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi
Ruslan Chagaev birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratdi

Superog‘ir vazn toifasining WBA (Regular) versiyasi kamari sohibi o‘zbekistonlik Ruslan Chagaev (33-2-1, 20 KO) Germaniyaning Magdeburg shahrida Franchesko Pianetta (31-1-1, 17 KO) bilan jang olib borib, birinchi raundning o‘zidayoq raqibini ikki marotaba nokdaun holatiga tushirib g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Chagaev ikki marta chap qo‘li bilan aniq zarba berdi va raqibini uzil-kesil ringga qulatdi. Shundan so‘ng jang to‘xtatildi.

Shu tariqa Ruslan Chagaev Superog‘ir vazn toifasining WBA (Regular) versiyasi kamarini munosib ravishda himoya qildi.
[media=https://youtu.be/Gh02FlIAPEY]
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar