
"Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Laporta jamoa hujumchisi Lionel Messi 2006 yilda "Inter"ga o‘tish uchun yaqin bo‘lganini aytib berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
"Bu 2006 yilda bo‘lgan edi. "Inter" Messi transferi borasida taklif bilan chiqdi. Ular shartnoma bekor qilish uchun belgilangan 150 mln evro tovon pulini ham to‘lashmoqchi edi, shu sababli birozdan keyin bu summani 250 mln evroga oshirib qo‘yganmiz.
Biroq men doimo Messining otasi Xorxe bilan munosabatlarga ishonganman. Va men unga aytdim: Ular barcha summani to‘lashi kerak bo‘ladi, chunki men Messi sotmayman. U bu erda baxtli bo‘ladi, u bizning klubda taniladi. "Inter"da u faqatgina moliyaviy tomondan yutadi. O‘g‘lingizning taqdiriga tarixdagi eng buyuk futbolchi bo‘lish yozilgan, bizdan esa unga bu marraga erishish uchun yordam beradigan jamoa bor. U qolsa, afsus qilmaydi", – dedi Laporta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar