«Barselona» yangi mavsumni «Atletik»ga qarshi ketma-ket 3ta bahs bilan boshlaydi

Ispaniya professional futbol ligasi yangi mavsum taqvimni tasdiqladi. Unga ko‘ra «Barselona» dastlabki turni Bilbaoning «Atletik» jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Dastlabki tur o‘yinlari 22-23 avgust kunlari boshlanadi.
Xabaringiz bor, Ispaniya Superkubogi sovrini uchun ham «Barselona» va «Atletik» jamoalari to‘qnash kelishadi. Bu o‘yinlar 14 va 17 avgust kunlariga belgilangan.
«Real Madrid» La lagining ilk turda Xixonning «Sporting» jamoasi mehmoni bo‘lsa, «Atletiko» esa «Las-Palmas» bilan to‘qnash keladi.
Dastlabki «el-klasiko» 8 noyabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing