date

Messining akasi: Leoning muammosi shundaki, u — argentinalik

Messining akasi: Leoning muammosi shundaki, u — argentinalik

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining akasi Matias Messi Amerika Kubogi bahslaridan so‘ng ukasi Argentina nashrlari va ishqibozlari tomonidan tanqidga olinganini qoralab chiqdi, deb yozmoqda «Uff.uz».

Argentinadagilarning aksariyati hali ham Lionel Messi milliy terma jamoa uchun o‘yinlarda «Barselona»dagi kabi yuz foiz kuch bilan to‘p surmaydi, degan fikrda.

«Leoning muammosi shundaki, u — argentinalik», —deb yozdi Matias Messi Twitter ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Avvalroq Messi o‘z sha’niga bildirilayotgan tanqidlardan charchagani va shu sabab bilan Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash haqida o‘ylayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messining akasi: Leoning muammosi shundaki, u — argentinalik