15:26 / 23.06.2017
5 059

Terma jamoamizning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi

Terma jamoamizning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi
Bosh murabbiy Samvel Babayan rahbarlik qilgan yig‘ilishda O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Xitoy va Janubiy Koreya bilan o‘yinlarga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi.

Dasturga ko‘ra, milliy terma jamoa a’zolari 17–23 iyul kunlari xorijda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazadi. Yig‘in doirasida 2 ta nazorat o‘yinini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, yig‘inda yangi futbolchilarni sinovdan o‘tkazish masalasi ustuvor vazifa sifatida kun tartibiga kiritilgan.

Milliy termaning keyingi yig‘ini avgustning oxirgi o‘n kunligida boshlanadi. Terma jamoa a’zolari 20 avgustdan e’tiboran yig‘inga kiradi. 24 yoki 25 avgustda Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Janubi-sharqiy Osiyo jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish borasida muzokaralar olib bormoqda.

31 avgust kuni Vuxan shahrida Xitoy termasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCh–2018 saralash o‘yiniga O‘zbekiston terma jamoasi 28 avgustda jo‘nab ketishni rejalashtirayapti. Delegasiya Xitoy bilan o‘yinni tugatiboq 1 sentyabr kuni kechasi Toshkentga qaytib keladi va 5 sentyabrdagi Janubiy Koreya bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘radi.

Manba: the-uff.com

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terma jamoamizning Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik dasturi tasdiqlandi