1. So‘z boshi… 2008-yil premer liga tarixidagi eng omadli mavsum edimi? Bu haqda juda ham ko‘p bahs-munozaralar bo‘lishi aniq, biroq aynan o‘sha mavsum Angliya klublari futbol o‘ynamay, haqiqiy spektakl namoyish qilishgan, hamma havas qiladigan darajada. Ha, shuning uchun ham biz boshqa chempionatlar haqida unutib ham qo‘ygandik. Britaniyaning uchta grand klubi Chempionlar ligasi yarim finalida, qarshilik ko‘rsata olmas darajadagi “Arsenal” va “Liverpul”ning chorak finalda “Roma” va “Inter”ga qarshi o‘yinlari, “Manchester Yunayted”ning “Barsa”ga qarshi supero‘yini, yurak xuruji darajasiga olib keladigan Riisening oxirgi soniyalardagi avtogoli va overtaymga 5 daqiqa qolganda 30 metr uzoqlikdan urgan Rayan Babelning goli. Bularning yakuni Moskvadagi angliyacha final bilan yakunlanishini kutardi. Moskva shahriga xuddi Angliya barcha an’analari ko‘chib kelgandek edi go‘yo. Yomg‘ir yog‘ishi, ko‘chaning har burchagida futbol, ko‘cha chetida piva shishasining sinib yotishi…
Bularning hammasini to‘ldirish uchun Ser Aleks Fergyusonning faoliyatida pik darajasiga etishi, Angliyada to‘p suruvchi jahonning bo‘lajak eng yaxshi o‘yinchisi, Jozedan endigina qutulgan “Chelsi”, Rafa Benitesning havas qiluvchi “Liverpul”i, Angliyani chiroyli o‘yini bilan bezaydigan “Arsenal” va bundan tashqari yulduzlarga boy jamoa: Lemperd, Jerrard, Vidich, Torres, Terri, Drogba, Ferdinand va Chex. Bularning hammasi faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlarini o‘tkazishgandi.
Qisqasini aytganda, o‘sha mavsum APL muxlislari uchun ajoyib tarzda yakunlangandi.
2. Chempionlar ligasining oxirgi 10 yillikdagi eng qiziqarli va dramaga boy o‘yini. Ser Aleks Fergyusonning 26 yillik faoliyatidagi eng kuchli tarkibi? Finalgacha kelishga loyiq bo‘lgan “Chelsi”? Ronalduning Chexga bosh bilan urgan goli? Portugaliyalik hujumchining top darajada o‘yin ko‘rsatishni boshlagan birinchi mavsumi? Bir oy oldin onasini yo‘qotgan Lemperdning goli va uni onasiga yo‘llagani? Yomg‘irning tinimsiz yog‘ishi? Dide Drogbaning overtaymda qizil kartochka olishi? Avraam Grandning birinchi katta finali? VIP-lojada yuragini ushlab o‘tirgan Roman Abramovich? Ronalduning penaltini ura olmagani va uning ko‘z yoshlari? Jon Terri tragediyasi? Edvin Van Der Sarning seyvlari?
9 yil o‘tgan bo‘lsa-da, o‘sha o‘yinning har biri soniyasi kechagidek esimda…
Krishtianu Ronaldu haqida gap boshlabmiz, uni davom ettirishimiz kerak…
3. 2008-yilda Ronaldu faoliyatidagi ishonib bo‘lmas statistikaga erishdi (31+6 chempionatda) va bu statistika hali ham davom etmoqda. Biz Ronalduning buyuk ekanligini takror va takror aytamiz, ammo, keling, tan olaylik, 2008-yilning kuzidan boshlab aynan Ronalduni deb biz barchamiz “Yunayted”ning o‘yinini tomosha qiladigan bo‘ldik. Xoh u “Derbi” yoki “Portsmut” bilan o‘ynasa-da, biz hamisha undan nimanidir kutib qolardik har bir o‘yinda.
4. O‘sha. Aynan o‘sha ajoyib jarima to‘pi. Angliya maydonlarida urgan jarima to‘plarining eng yashisi.
Manba: penalti.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»