Qozog‘iston tarixida boks bo‘yicha ilk Olimpiya chempioniga aylangan Vasiliy Jirov "Nur-Ostona" masjidida islom dinini qabul qildi. U birinchi og‘ir vazn toifasida IBF yo‘nalishi bo‘yicha professionallar o‘rtasida sobiq jahon chempioni ham hisoblanadi. Bu haqda "Profi Boks Kazaxstana" "Feysbuk"da xabar berdi.
Vasiliy Jirov Ramazon hayiti bayrami arafasida islomni qabul qildi, deyiladi “Hazrat Sulton” masjidi saytida.
Instagram foydalanuvchilari bunga o‘z munosabatini bildirishgan. Masalan rustam_abdussalamov shunday yozdi: “Kecha qandaydir o‘zgacha kun bo‘ldi! Hammasi odatdagidek boshlandi, 5 da uyg‘ondik, hayit namoziga bordik, biroq bu safar biz bilan birga, namozga Vasya Jirov ham keldi. U yonimizda turdi va o‘z hayotidagi birinchi namozni o‘qidi. Bu shunday o‘zgacha kunda hamda poytaxtning markaziy masjidida ro‘y berdi!”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”