O‘zbekistonning JCh saralashi doirasidagi hozirgi holati barchaga ma’lum – Xitoy va Janubiy Koreyani mag‘lub etishsa, bas. Ammo guruhda hali uchinchi o‘rin uchun ham kurash davom etmoqda. Xo‘sh, Konfederasiyalar kubogi turniri terma jamoamizning tayyorgarlik jarayoniga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkin.
KENGURULAR YuRTIDAN KELGAN FUTBOL
Avvalo, Avstraliya terma jamoasining saralash bahslaridagi holatiga qarasangiz, ularning ahvoli ham havas qilar darajada emas. Xuddi O‘zbekiston kabi desak ham bo‘ladi.
Albatta, “sokkeruz”ning mazkur turnirda g‘alaba qozonishini ham hech kim kutmagandi. Ammo Germaniya terma jamoasi darvozasiga kiritilgan ikki gol va Chili bilan durang jamoaning darajasini ko‘rsatib turgandek.
Avstraliyaliklarga nima etishmadi? Balki vaziyatlarni golga aylantirishda sovuqqonlik etishmagandir? Tezkor paslar, to‘p bilan ishlash san’ati, jamoaviy tarzda to‘pni ushlash barchasi yaxshi shakllangan.
Ayniqsa, Chiliga qarshi o‘yinda Avstraliyaning texnik tomondan kuchli ekanligi va to‘pni qanotga oshirishdagi aniqlik ko‘rindi va chililik himoyachilar ularni yopishga ulgurmay qolishdi.
Shuningdek, avstraliyaliklar jarima zarbalari vaqtida raqib jarima maydonidan joy olishda ham ancha samarali o‘yin ko‘rsatishdi. Ha, aynan mana shu yaxshi shakllangan faktorlar va yil davomida kerakli natijalarga erishgani uchun uchun ham “sokkeruz” mana shu turnirda ishtirok etdi.
MEKSIKAChA RITM VA BARQARORLIK
Faraz qiling, O‘zbekiston terma jamoasi saralash bahslarida uchinchi o‘rinni oldi va pley-off bahsida KONKAKAF mintaqasining to‘rtinchi o‘rinni egallagan jamoasiga ro‘baru keldi.
Jadvalning hozirgi holatiga qarab aytadigan bo‘lsak, bu o‘ringa nomzod jamoalar AQSh, Panama va Gonduras.
Bu jamoalar so‘nggi yillarda Meksika terma jamoasi bilan raqobatlashib kelmoqda va meksikaliklar ko‘pincha bulardan ustun kelmoqda.
Sochi va Kazan maydonlarida bo‘lib o‘tgan o‘yinlar ko‘rsatdiki, Meksikaning ustunligi o‘yinchilarning sifati hamda jamoaviy barqarorlikda. Meksikaliklar to‘p nazoratidan ham ko‘ra ko‘proq tezkor hujumlar hisobiga o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi.
Bu taktika xuddi 1986 yilgi Jahon chimpionatida ishtirok etgan Valeriy Lobanovskiy boshqaruvida SSSR terma jamoasining o‘yiniga o‘xshaydi. O‘sha yilgi Mundial aynan Meksikada bo‘lib o‘tgandi.
Portugaliyaga qarshi o‘yinda meksikaliklar har ikki golni ham taymlar yakunida kiritishdi. Garchi Portugaliya butun o‘yinni nazorat qilishga intilgan bo‘lsada, shimoliy amerikaliklar o‘z ishini uddalashdi.
Rossiyaga qarshi Qozondagi o‘yinda esa Ruslar Meksikani mag‘lub etish yo‘lini topgandek tuyula boshlagandi, ammo kerakli joyda o‘yinga tepm qo‘shishdi va natijaga erishishdi.
Bularning barchasi oldindan o‘ylangan taktika asosida shakllangan o‘yindek.
Ammo kecha bo‘lib o‘tgan Germaniyaga qarshi kechgan o‘yinda meksikaliklarga qaysidir jihat etishmay qoldi.
Xulosa shuki, turnir autsayderlari ham o‘rtacha jamoalari ham etakchilarga qarshi qo‘rqmay kurashga kirishdi. Shunisi ma’lumki, har-bir jamoaning o‘ziga yarasha taktikasi, o‘yin uslubi bor.
Xo‘sh, bizning terma jamoamizchi? Oldinda ikkita o‘yin qoldi, buyog‘iga yo‘qotadigan hech narsa qolmadi.
Ustiga - ustak terma jamoamizning "buyuklik"da tanilgan murabbiyi Samvel Vyacheslavovich Babayan ham Rossiyada o‘tayotgan nufuzli musobaqa mehmoni bo‘ldi.
Xo‘sh, shuncha sarf-xarajat orqali biror bir natijaga etishib bo‘ladimi? Oldimizda turgan muhim ikki o‘yinda kamida kichik 1:0 hisobi aks oladimi.
Bularning barchasiga 5 sentyabr kuni Toshkentga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston - Janubiy Koreya uchrashuvidan so‘ng javob olamiz. O‘FF vakillari xalqqa bergan va’dalarini bajara olishadimi? Yoki biz yana Jahon Chempionati musobaqasini shunchaki televizor orqali tomosha qilamizmi?
A.Isroilxonov, A.Eshonxonov
Manba: www.interfutbol.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?