Germaniya - Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi!

Germaniya - Konfederatsiyalar kubogi g‘olibi!
Rossiya davlatida Konfederatsiyalar kubogi musobaqasining final uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda Chili hamda Germaniya terma jamoalari o‘zaro kurash olib borishdi.

Qiziqarli kechgan o‘yinda 0:1 hisobi qayd etilib, yevropaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona gol 20-daqiqada Shtindl tomoniank kiritildi.

Ikkinchi tarkib bilan musobaqaga tashrif buyurgan Yoaxim Lyov shogirdlari amalda bosh sovringa ega bo‘lishdi.

Mana murabbiy va to‘g‘ri futbol tizimning mevasi va natijasi.

Konfederatsiyalar kubogi
Final
Chili – Germaniya 0:1 (0:1, 0:0)
Gol
: 0:1 – 20 Shtindl.
Chili – Bravo, Medel, Bosejur, Xara, Vidal, Arangis (Sagal, 81), Vargas (Puch, 81), Ernandes, Sanches, Dias (Valensiya, 53), Isla.
Germaniya – ter Stegen, Mustafi, Ryudiger, Xektor, Ginter, Rudi, Kimmix, Goretska (Zyule, 90), Draksler, Shtindl, Verner (Djan, 79).
Ogohlantirishlar: Kimmix (59), Vidal (59), Xara (65), Vargas (75), Djan (90), Bravo (90), Rudi (90).

Manba: www.uff.uz

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar